Besh ming qo‘ydan afzal
Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan:
— Ey Ali, senga besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali besh kalimani o‘rgatayinmi? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, — dedim.
Shunda Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ushbu duoni o‘rgatdilar:
— Allohim, gunohlarimni mag‘firat qil. Menga keng fe'l va halol bir daromad nasib et. Nafsimni bergan rizqingga qanoatli qil va qalbimni O‘zing manʼ etgan narsalarga moyil qilib qo‘yma»
Sahobalarni qarang dunyo matohidan bir duoni afzal bildi.
Amirov To‘lqin tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 24/03/2022 10:32; Ko‘rilganligi: 774
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:43