O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Bekor ketayotgan vaqtimizni foydaliroq ishlarga safarbar etsak...

 
 

Aholining dunyoqarashini shakllantirishda, yoshlar ongidagi bo‘shliqni to‘ldirishda bugungi kunda ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda internetning ham ahamiyati beqiyosdir. Shunday ekan, nazoratni avvalo o‘zimizdan boshlashimiz zarurdir.

E'tibor beraylikki, biz farzandlaru yaqinlarimizga emas ko‘p vaqtimizni ana shu tarmoqlardagi mazmunsiz ma'lumotlarni olishga yoki o‘yinlar daryosiga g‘arq bo‘lishga sarf etmayapmizmikin? Balki bekor ketayotgan shu vaqtimizni foydaliroq ishlarga safarbar etsak, hayotimizga mazmun kirishi mumkindir. Albatta, hushyorlik va ziyraklikni ham hamisha qo‘ldan boy bermaslik muhim ahamiyatga egadir. Mahmud Zamaxshariy aytganidek:

“Hushyor va zakovatli odam uldurki, uning fikr doirasi keng, uzoqni yaqindek ko‘ra oladigan g‘aflat uyqusidan yiroq, balki hamisha fikru zikri bilan uyg‘oq, mahfiy ishoratdan ham o‘ziga xulosa chiqara ola biladigan, so‘qir ko‘zdan ham yosh oqiza oladigan bo‘lur”.

Abrorov Jahongirxon - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat xodimi


Kiritilgan vaqti: 08/08/2023 10:40;   Ko‘rilganligi: 164
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/bekor-ketayotgan-vaqtimizni-foydaliroq-ishlarga-safarbar-etsak
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 22:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing