O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

BEADABLIK

 
 

Jurnalist TITANIK konstruktori Tomas Endryusdan kemaning quvvati va xavfsizligi haqida so‘raganida Endryus: "Bu kema cho‘kmaydigan kema. Hatto Yaratgan ham buni cho‘ktira olmaydi!", degan edi.
Ozgina vaqt o‘tmasdan Endryus Allohning birgina kichkina aysberg nomli askari nimalarga qodirligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi.

Bashariyatning barcha gunohini tarozuning bir pallasiga, Allohga nisbatan beadabligini ikkinchi pallasiga qo‘yilsa ana shu ikkinchi palla og‘ir keladi.
Alloh taolo osiy bandasiga muhlat beradi. Kishilar "nega Alloh buni jazolamayapti?", deya Allohning halimligidan hatto hayronlar qolishadi. Ammo Allohga beadablik qilganlarning juda ham ozchiligi bu dunyoda omon qolgan.
Namrud, Fir'avn, Qorun, Od qavmi, Samud qavmi, Lut qavmi bunga yorqin dalil. Bu Allohning koinotdagi qonunidir.
Misrlik Hamza Basyuniy ismli kishi Misr qamoqxonalarida siyosiy-diniy mahbuslarga azob berish bilan shug‘ullanar edi. U mahbuslarga azob berib turib: "Qani o‘sha Allohing? Kerak bo‘lsa Uni ham qoziqqa o‘tqazaman!", deb og‘zidan tupuk sachratib baqirar edi. Bir kuni uning mashinasi temir-tersak to‘ldirilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bir temir Hamza Basyuniyning og‘zidan kirib orqasidan chiqqan edi. Uning tanasidan temirni sug‘urib olish uchun tanasini maydalashdi.
Ba'zi insonlar salgina amalga minsa o‘zidan ketib, ba'zi hollarda o‘zini "xudoman" deb ham yuboradi.
Bashariyat Allohga adabsizlik qilar ekan, Uning qudrati ajoyibotlarini albatta ko‘radi!

Urgut tumani "Urgut markaziy" masjidi xodimi A.Polvonov


Kiritilgan vaqti: 17/12/2021 08:03;   Ko‘rilganligi: 500
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/beadablik
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 10:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing