O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ba'zi bilimsizlarning «Kalom ilmini o‘rganish bid'at», deb aytgan so‘zlariga raddiya

 
 

Ulardan biri: «Bu ilmni o‘rganish bid'atdir. Sahobalar va tobe'inlarning zamonida bo‘lmagan», deb aytadi. Bu gapni «Illat (sabab) bo‘lmagani uchun uning hukmi bo‘lmagan», deb rad etaman. Ya'ni, u zotlarning bu ilmni o‘rganmaganlarining ikki e'tibori bor:

Birinchisi: Og‘ish va yanglishishning ehtimoli bo‘lmagan tarzda ularning aqiydalarining pok ekani e'tiboridan. Zero, sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan suhbat qilish va tobe'inlar payg‘ambar zamoniga yaqin zamonda yashash sharafi bilan ne'matlanganlar. Balki, kalom ilmi jaholat sababidan vujudga kelgan gumrohlik, zalolat, ilmsizlik va shariat ishlari borasidagi ma'rifatsizlikni daf qilishda sahobalar va tobe'inlarga ehtiyoj sezadi.

Ikkinchisi: Aqiyda va shariat hukmlarida tortishuvlar, nizolar va munoqashalarning ularning zamonida uchramagani e'tiboridan. Jaholat, tarafkashlik, fisq va yolg‘onlar ularning orasida tarqalmagani uchun bunday mashaqqatli ishga ehtiyoj sezishmaganlar.

«Al-javohirul bahiyya 'ala sharhi aqoidun Nasafiyya» asaridan 1/37, Shayx Shamsiddin Afg‘oniy rohimahulloh

Xayrulloh domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 16/12/2021 10:33;   Ko‘rilganligi: 419
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/bazi-bilimsizlarning-kalom-ilmini-organish-bidat-deb-aytgan-sozlariga-raddiya
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 19:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing