O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ASLI SHARIAT BO‘LGAN QADRIYATLAR

 
 

Suhbat orasida mo‘tabar onaxon yaqin 1960-1965 yillardagi yoshligini eslab hikoya qildi.

Uyimzga qishlok momolari kelganda biz yoshmiz, mehmon keldi deb xursand bo‘lib oldilariga yugurib chiqardik. Shunda ular meni boshyalang rumolsiz ko‘rib; hoy qizim uyat bo‘ladi boshingizga rumol o‘rang deb   "bir qizga yetti eshikdan tiyuvi bor" deyishdi.

Manosi shuki (qizim boshingizga rumol o‘rang odbsizlik qilsangiz yetti qushni sizni qaytarishga haqqimiz bor deganidir.)

(Tiyuv-qaytarish).

Ha tarixda bunday misollar ko‘p. O‘sha paytlarda o‘rus davri bo‘lib oyat va hadisdan gapirish qiyin bo‘lib yoki talimot boshqacha bo‘lib ayolu erkak aynan oyat yoki hadisdan xujjat keltirolmasada lekin shariatga muvofik keladigan anashunday ibratomuz nasihatlarini  yoshlarga aytib kelishgan va gardanlaridagi omonatni soqit qilishgan.

Ming afsuski hozirgi erkin va tinch zamonda yuqoridagi hali balog‘atga yetmagan qizga qilgan keng urf va asli shariat bo‘lgan momolarimiz nasixatini qo‘shni qizlar uyoqda tursin ko‘pchilik o‘z farzandlariga aytolmaydi. Shu tariqa asli Hudoni hayo borasidagi amri unut bo‘lib oddiy holatga aylanib, yurish turishlarda hayosizlik avj olmoqda.

Vaholanki Olloh taolo quroni karimning nur surasining 31 oyatida;  "Boshlariga o‘ragan rumollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘ksilari va ko‘kraklarini xam tusib tursin. Toki ularning jamoli begonalarga mo‘ljal bo‘lmasin, turli fitnalar keltirib chiqarmasin." dedi.

Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Oisha onamiz aytadilarki; "Birinchi muhojir ayollarga Allohning rahmati bo‘lsin. Alloh taolo "Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar" degan oyatini nozil qilishi bilan, darhol, jilbob-to‘nlarini yirtib ro‘mol qilib o‘radilar".

Hech ikkilanmay amal qilganlari uchun Allox taoloning maqtoviga sazovor bo‘lishdi.

Islom dinimiz manbalarida barchasi oyat va hadislar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Bularni bayon kilinishidan maqsad ayol va erkaklarni kiyinishi, yurish turishi va muomalalari ularning bu dunyoda shariatga qanchalik amal qilishlari oxiratlarini belgilab beradi.

Shunday ekan har kishi dunyo va oxirat saodatiga erishayin desa har bir amalini shariat bilan o‘lchasin.

Barchamizga O‘zi najot bersin.

 

Po‘latov Xamza
Samarqand tumani “Imomi A'zam” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 03/08/2022 15:36;   Ko‘rilganligi: 316
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/asli-shariat-bolgan-qadriyatlar
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 21:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing