O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Aqidaviy va fiqhiy mazhablar

 
 

Umumislomiy masalalarda mazhablar o‘rtasida katta farqlar uchramasa-da, xususiy hollarda ular o‘rtasida muayyan tafovutlar va o‘ziga xos xususiyatlar uchraydi.

Islomda ilk davrda xorijiylik, shialik va sunniylik kabi uch yirik yo‘nalish vujudga keldi.

Xorijiylik yo‘nalishining 20 ga yaqin firqalari manbalarda qayd etilgan. Xorijiylar (arabcha – “al-xavorij” – ajralib chiqqanlar) boshqa yo‘nalishlar orasida o‘zining keskinlikka moyilligi bilan ajralib turgan. Ular orasida nisbatan mo‘tadili – ibodiylik hozirga qadar Shimoliy Afrika va Janubiy Arabiston mintaqalarida saqlanib qolgan bo‘lib, mutaassiblikka moyil firqalari tarixan qisqa davr ichida barham topgan.

Shialik ham juda ko‘p firqa va mazhablarga bo‘lingan. Shialikka xos aqidalardan biri hazrat Alining ulug‘lanishi hamda u va uning avlodlarining Payg‘ambar ishining davomchilari deb hisoblanishidir. Hozirgi kunda Erondagi asosiy diniy e'tiqod hisoblanuvchi shialikka dunyo musulmonlarining taxminan 7,5 foizi mansub.

Sunniylik dunyo musulmonlarining asosiy qismi e'tiqod qiladigan yo‘nalish bo‘lib, unda ikkita aqidaviy – ash'ariy va moturidiylik hamda 4 ta fiqhiy – hanafiylik, shofi'iylik, molikiylik va hanbaliylik mazhablari mavjud. Sunniylikdagi eng keng tarqalgan va aqidaviy jihatdan bag‘rikenglikka moyil mazhab hanafiylikdir. Unga sunniy musulmonlarning 49 foizi e'tiqod qiladi.

Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 12/02/2020 16:27;   Ko‘rilganligi: 3240
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/aqidaviy-va-fiqhiy-mazhablar
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 17:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing