O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Aqidasi to‘g‘ri bo‘lmagan kishining qilgan ibodati ham maqbul emas.

 
 

E'tiqod sofligi hamma zamonlarda zarur bo‘lgan oiml hisoblanadi. Aqidasi to‘g‘ri bo‘lmagan kishining qilgan ibodati ham maqbul emas.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xabar qilganlaridek, islom ummati tezda 73 firqaga bo‘linib ketdi. Ulamoi kiromlar musulmonlarni botil, gumroh, bid'atchi firqalardan asrash maqsadida ularga payg‘ambarimiz xabar qilgan nojiya firqa e'tiqodi qandayligini tushuntirdilar.

Payg‘ambarimiz va sahobai kiromlarning e'tiqod va amallari Qur'oni karim, hadis ta'limotlariga mos ekanini isbotlab, sof islomiy aqidani vujudga keltirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘rgatganlaridek – aqidaga ega bo‘lganlarni nojiya, ya'ni, ahli sunnat val jamoat deb ijmo' (ittifoq) qildilar.

Ana shunday bir vaziyatda, “Ahli sunnat val jamoat” aqidalarini bir-biriga zid bo‘lgan xilma-xil bid'atchi firqalardan muxofaza qilish maqsadida Umar ibn Abdulaziz, Zaynulobidin, Hasani Basriy va Imom A'zam (rahima humulloh)lar o‘z asarlari ila xalqga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdilar.

 Abrorov Jahongirxon - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat xodimi


Kiritilgan vaqti: 21/08/2023 16:00;   Ko‘rilganligi: 236
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/aqidasi-togri-bolmagan-kishining-qilgan-ibodati-ham-maqbul-emas
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 16:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing