O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

AMALIMIZ BIZNI JANNATDAN ORQAGA TORTSA NASABIMIZ JANNATGA KIRGIZA OLMAYDI

 
 

عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : ( من نفس عن مؤمن كربة من كرب الدنيا ، نفس الله عنه كربة من كرب يوم القيامة ، ومن يسر على معسر ، يسر الله عليه في الدنيا والآخرة ، ومن ستر مؤمنا ستره الله في الدنيا والآخرة ، والله في عون العبد ما كان العبد في عون أخيه ، ومن سلك طريقا يلتمس فيه علما ، سهل الله له به طريقا إلى الجنة ، وما اجتمع قوم في بيت من بيوت الله يتلون كتاب الله ويتدارسونه بينهم ، إلا نزلت عليهم السكينة ، وغشيتهم الرحمة ، وحفتهم الملائكة ، وذكرهم الله فيمن عنده ، ومن بطأ به عمله ، لم يسرع به نسبه ) رواه مسلم .

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh taolo undan qiyomat mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir kambag‘alning ishini yengillatsa, Alloh uning bu duyoyu oxirat ishlarini yengillatadi.

Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh uning aybini bu duyoyu oxiratda berkitadi. Modomoki banda o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi. Kim ilm talab qilish yo‘liga tushsa, Alloh unga jannatning yo‘lini yengillashtiradi. Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo‘lib, Allohning Kitobini tilovat qilsa, uni o‘rgansa, albatta, ularning ustiga sakiyna tushadi, ularni rahmat o‘rab oladi, farishtalar qurshab oladilar va Alloh ularni O‘z huzuridagilar qatorida zikr qiladi. Kimning amali orqaga sursa, uni nasabi oldinga sura olmaydi", dedilar" Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Ushbu hadisni barchamiz o‘rganib amal qilishimiz lozim. Chunki mo‘min musulmonlarning o‘rtasidan mehr oqibat ko‘tarilib, odamlar o‘z manfaatlari uchun boshqalarning zarar ko‘rishi va ozor chekishidan, yoki o‘zi sababli boshqalar og‘ir bir mashaqqatga yo‘liqishidan qo‘rqmay borayotgan bir paytda ushbu hadisi sharifga ko‘proq muhtojmiz.

Bir kambag‘alga yordam ko‘rsatganimiz sababli Alloh bizning dunyo va oxirat ishlarimizni yengil qilsa, nima uchun biz bunday imkoniyatdan foydalanmasligimiz kerak?

Barchamizni, aybimiz, xato va gunohlarimiz bor bo‘laturib, o‘zgalarning xato va ayblarini kechirish va berkitish o‘rniga ommaga oshkor qilishimiz ushbu hadisga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

Alloh talolo bizga yordam berishini xohlar ekanmiz, biz ham boshqalarga yordam berishni unutmasligimiz zarur.

Jannat yo‘lida bo‘lishni xohlar ekanmiz, ilm olishni va unga amal qilishni unutmaylik, eng asosiysi o‘zimiz aniq bilmagan narsalar haqida turli fikrlarni bildirmaylik.

Quroni karimni o‘qib o‘rganaylik, masjidlarda jamoat bilan birga bo‘laylik, jamoatdan ajralib o‘zgacha amal qilishdan saqlanaylik. Jamoatdan ajralsak, musulmonlar o‘rtasiga tafriqa solsak, insonlarga ham dinimizga ham o‘zimizga va oxiratimizga ham zarar yetkazgan bo‘lamiz.

AMALIMIZ BIZNI JANNATDAN ORQAGA TORTSA NASABIMIZ JANNATGA KIRGIZA OLMAYDI

Rizayev O‘lmasjon Kattaqo‘rg‘on tumani "Koshon ota" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/01/2024 08:55;   Ko‘rilganligi: 314
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/amalimiz-bizni-jannatdan-orqaga-tortsa-nasabimiz-jannatga-kirgiza-olmaydi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 17:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing