O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Allohdan qo‘rqib to‘kilgan yoshlar

 
 

Hazrati Ashraf Ali Tahanoviy rahmatullohi alayh qachonki duo qilsalar va ko‘zlaridan yosh oqsa, uni yuzlariga surtib olar edilar. Bir kuni talabalari: “Hazrat! Siz nega bunday qilasiz?” deb so‘rashdi.

Ul zot: “Alloh taolo u ko‘z yoshlar barakotidan yuzimni jahannam olovidan saqlasa, deya umid qilaman”, dedilar. Talaba axir talaba edi-da, u: “Kimnidir yuzi omonda bo‘lsayu, jismidagi qolgan a'zolari omonda bo‘lmasa, uning nima foydasi bor?” dedi. Unga Hazrat bir hikoyani aytib berdilar:

Podshoh Orangzeb Olamgir rahmatullohi alayhning davrida bir vazir vafot etdi. U vazirning bir o‘g‘li bo‘lib, yoshi kichkina edi. Biroq  o‘ta aqlli edi. Podshoh u bolaga bo‘lgan muhabbati tufayli chaqirdi. U bola kelganida, Orangzeb Olamgir rahmatullohi alayh o‘zining  saroyida qurdirgan hovuzida cho‘milayotgan edi. Bolani ko‘rib hovuz chetiga keldi. U bola yaqin kelib, salom berdi. Qo‘l berib ko‘rishganida, podshoh uning barmoqlaridan mahkam ushlab oldi va bolaga: Men seni tortib olib, suvga tushirib yuborayinmi? dedi. U bola tabassum qilib qo‘ydi. Bola bundan qo‘rqib ketishi kerak edi, lekin u qo‘rqmadi deya podshoh Orangzeb hayron bo‘ldi. Hamma bu bolani aqlli deydi. Chunonchi, podshoh bolaning qo‘rqmaganlik sababini so‘radi. U bola shunday deya boshladi: Podshoh, salomat bo‘ling! Qo‘limning bir necha barmoqlari sizning qo‘lingizdadir. Shunday bo‘lgach, men cho‘kib ketishdan nega qo‘rqayin? Siz meni ko‘z o‘ngingizda tortib olib, qanday suvga cho‘ktirib yuborishingiz mumkin?

Bu hikoyani so‘zlab berib, Hazrat shunday dedilar:

Bu bolada podshohning barmoqlarini tutishlikga shunchalik e'timod (suyanish) bo‘lsa-yu, bizda agar Alloh taolo yuzni jahannamdan saqlasa, u holda butun jismni ham jahannamdan ozod qilib yuboradi deganchalik Allohning rahmatiga  e'timod (suyanish) yo‘qmi? Har beruvchi o‘zining holatiga ko‘ra beradi. Podshohlarning berishi podshohlarning sha'niga muvofiq bo‘ladi. Biz ham Alloh taologa eng yaxshi gumonda bo‘laylikki, U o‘zining sha'niga muvofiq muomala qiladi. Ota o‘zining jajjigina bolasiga uzoqda turib, o‘g‘lim! Men tarafga kel deydi. U bola otasi tomon kelishga juda ko‘p harakat qiladi. Biroq, u bola harakatida biror natijaga erishmaydi. Lekin u bola otasiga suyangancha harakatda davom etadi. Shunda, otaning muhabbati jo‘sh urib, o‘zi bolaning oldiga borib uni bag‘riga oladi.

Xuddi shunday biz ham o‘z Robbimizning roziligini hosil qilishlik uchun borimizcha harakat qilaveraylik. Bizning harakatimiz ojizona, lekin ota-onadan yetmish barobar ko‘proq muhabbat qo‘yuvchi Shahanshoh (Alloh taolo) bizga albatta O‘z muhabbatini ato qiladi. Qachonki, bizga Alloh taoloning muhabbati nasib bo‘lsa, u holda dunyo va oxiratda muvaffaqiyat qozonamiz.

«Alloh taolodan qo‘rqadigan zotlarning oh-zori...» kitobidan

J.Abrorov -  O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot kotibi (Manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 05/02/2020 11:42;   Ko‘rilganligi: 1209
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/allohdan-qorqib-tokilgan-yoshlar
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 15:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing