O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

AHLI SUNNA VAL JAMOA NAZDIDA TABARRUK QILISH MASALASI

 
 

Xatib Bag‘dodiy o‘zlarining “Tarixu Bag‘dod” nomli kitoblarida va uzotdan boshqalar Aliy Ibn Maymundan rivoyat qilishadi, u zot aytadilarki: “Men Shofe'iy rohimahullohdan quyidagi gaplarini aytayotganimni eshitdim: “Men Abu Hanifa rohimahulloh bilan tabarruk qilaman va uning qabrini oldiga ziyorat uchun boraman. Agar biron hojatim bo‘lsa ikki rakaat namoz o‘qiyman va har kuni u zotning qabriga borib, uning huzurida Alloh taolodan hojatimni so‘rayman. Men u yerdan hali uzoqlashmasimdan hojatim ro‘yobga chiqardi.”

Hofiz Ibn Asokir “Tarixu Dimashq” kitoblarida Asma'iydan u zot aytadilar:" Men Amirul mo‘miniyn Ma'munni 214 hijriy yilda Shofe'iy rohimahulloh haqlarida quyidagilarni aytayotganlarini ko‘rdim: “Alloh taolo Muhammad Idris Shofe'iyni taqvo, ilm, fasohat, odob, diyonat va salohiyat bilan xosladi. Men otam Horundan, Alloh taologa Shofe'iy bilan tavassul qilganlarini eshitganman, vaholanki u zot hayot bo‘lganlar.”

Anvar domla Nazarov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 17/12/2021 07:28;   Ko‘rilganligi: 488
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ahli-sunna-val-jamoa-nazdida-tabarruk-qilish-masalasi
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 11:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing