O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ahli Islom podshoga yordamchi bo‘lishi lozim

 
 

Buyuk mutasavvuf alloma imom Rabboniy Ahmad Sarhandiy rahimahulloh aytadi:  
«Islom ahli musulmon podshoga madad berish va qo‘llab-quvvatlash ular zimmasidagi vojib bo‘lgan vazifa ekanini bilib olishlari,  podshoni shariat rivoji va din quvvatlanishi sari dalolat qilishlari lozim.

Ushbu ko‘mak  xoh til va xoh qo‘l bilan bo‘lsin, farqi yo‘q. Eng avvalgi va orta surish sira ham mumkin bo‘lmagan afzal ko‘mak esa, podshoga shar'iy masalalar bayoni va Qur'on, sunnat va ijmoi ummatga muvofiq bo‘lgan aqida masalalari izhoridir. Toinki,  bid'atchi va zalolatdagi firqalar paydo bo‘lib,  insonlarni zalolatga boshlab,  ishlarni fasod sari yo‘naltirib qo‘ymasin.

Bu tariqadagi ko‘mak va madad esa oxirat sari yuzlangan (niyatlari Haq rizosi, oxirat saodati bo‘lgan) haq ahli bo‘lmish ulamolarga maxsusdir. Barcha himmatlari past va haqir dunyoga ega bo‘lish (mansab, rayosat, boylik) dan iborat bo‘lgan noqobil dunyo ulamolari suhbati esa sammi qotil (qatl qiluvchi zaxar) va ular fasodlari esa  barchaga birdek zararli va yoyiluvchidir.

BAYT:

Olimiki komroni xud  tanparvari kunad,
U xishtan gumast kero rahbari kunad.

Ya'ni:
Olimiki o‘z nafsiga tobe'dir,  tanparvarlik qilur,
Uning o‘zi gumrohdir, kimga rahbarlik qila olur?

Avvalgi zamonlardagi zohir bo‘lgan barcha balolar mana shu turdagi noqobil ulamolar shumliklari sababli voqe' bo‘lgan. Bu nopok kimsalar podsholarni to‘g‘ri yo‘ldan chiqarib, zalolatga botqog‘iga botirganlar. Ummatni yana yetmish ikki zalolatdagi firqa yo‘lini ixtiyor qilishlarida ularga boshliq bo‘lgan noqobil ulamolar ham mana shu nopok kimsalar bo‘lgan.

Boshqa insonlarga bid'at, zalolat, hurofotlarni yoyishda bu nopok kimsalarga biron bir tenglasha oladigan kimsa bo‘lmagan. 

Bugungi kundagi so‘fiynamo bo‘lgan aksar johillar ham mana shu noqobil olimlar hukmida bo‘lishadi.

Zero, ularning buzuq fikrlari va fosid ta'sirlari boshqalarga ham kuchli ta'sir qilishi va yoyilishi begumondir.

"Maktubot". 1-jild. 47-maktub.

Sunnatilloh ABDULBOSIT  tarjimasi.

Manba: Azon.uz


Kiritilgan vaqti: 13/12/2019 15:34;   Ko‘rilganligi: 1147
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ahli-islom-podshoga-yordamchi-bolishi-lozim
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 05:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing