ABU SAYYAF HARAKATININ STRUKTURASI
Strukturasi. Guruh quyidagi tarkibdan iborat: bosh shtab va uning tarkibiga kiruvchi operativ, razvedka, kadrlar bilan ishlash, ko‘mak beruvchi, ichki ta'minot hamda moliya bulimlari. Guruhning ikki tarkibiy kismi mavjud: «Basilan» (yuqori darajadagi diniy mutaassiblik bilan xarakterli) va «Sulu» (sezilarli darajada jinoyat soxasiga aralashgani bilan xarakterli).
Moliyaviy manbalari. Guruh Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda faoliyat olib borgan norasmiy diniy-siyosiy tashkilotlardan yordam olib turadi. Guruhning ba'zi a'zolari Yaqin Sharqda tahsil olgan yoki u yerdagi ekstremistik xarakatlar tarkibida ishtirok etgan. Guruhning moliyaviy manbalari, asosan, bosqinchilik, odamlarni garovga olish orqali pul undirish, giyoxvand moddalar sotishni tashkil etadi.
Mintaqadagi faoliyati. Guruh Filippin hududiga tegishli hisoblanadi, bosh karorgohi Filippin janubida- gi musulmonlar orolchasi xdsoblangan Mindanao orolida joylashgan. Guruhning xarakat doirasi Janubiy Filippin. Guruxning ichki aloqalari - Moro ozodlik islom fronti, Moro ozodlik milliy fronti radikal qanoti (ushbu ikki guruh harbiy tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi) xamda Fi- lippinning yangi xalq armiyasi.
Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi (manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 28/05/2020 16:00; Ko‘rilganligi: 1033
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:53