ABU HANIFA TOBE'INMI?
Saqlanish kerak bo‘lgan odatlaridan biri: O‘zining fikriga muvofiq kelgan gapni garchi ixtilofli gap ekanini bilsa ham, «unga ijmo qilingan», deb aytishi Ibn Taymiya va uning (ba'zi) shogirdlarining odatidan edi. Insonlar podshohlarining dinidadir! Bunga o‘xshagan misollar uning yozgan asarlarida ko‘p uchraydi. Ulardan birini zikr qilish bilan kifoyalanamiz. «Abjadul ulum» risolasida Imom Abu Hanifaning tarjimai holida shunday keltiradi: «U sahobalardan birortasini ahli hadisining ittifoqi bilan ko‘rmagan».
Sahobalarni umuman ko‘rmagan degan gap muhaddislar orasida ittifoq qilingan gap emas! Balki, bu ularning nazdida ixtilofli masaladir. Ularning, ya'ni muhaddislarning nazdida mo‘tamad gap u zotning Anas roziyallohu anhuni ko‘rganliklaridir. Buni «Iqomatul hujjati 'ala annal iksaara minat ta'abbudi laysa bi bid'atin» («Ibodatni ko‘paytirishlik bid'at emasligiga hujjat qoim qilish») risolamda quyidagi zotlarning iboralari bilan tahqiq qilganman: Imom Zahabiy, Valiyyul Iroqiy, Hofiz Ibn Hajar, Suyutiy, Ibn Sa'd, Yofi'iy, Ibnul Javziy, Aliyyul Qoriy, Turbashtiy, Jazariy va boshqalar. Insonfli kishidan umidim shuki, ushbu iboralarni o‘qiganidan so‘ng u zotning tobe'in ekanliklariga hech shubhalari qolmasin!
«Ibrozul g‘oyyil voqe' fi shifoil ayyi» kitobidan 23-B, Muhammad Abdul-Hayy Laknaviy rohimahulloh
Xayrullo domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari
Kiritilgan vaqti: 14/02/2022 09:34; Ko‘rilganligi: 883
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:14