O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ABU BAKR SIDDIQ roziyallohu anhuning fazilatlari

 
 

Payg‘ambar alayhissalom Isro va me'roj voqeasini odamlarga e'lon qildilar. Shunda ko‘pgina iymonlari mustahkam bo‘lmagan kishilar dindan qaytib murtad bo‘ldi. Ba'zi mushriklar "endi buning yolg‘oni fosh bo‘ldi"-deya xursand ham bo‘lishdi. Bu xabar Makka shahriga tezlik bilan tarqadi. Bir qancha odamlar Abu Bakr siddiq roziyallohu anhuning oldilariga kelib bu ulug‘ voqeani yetkazdi.

Birinchidan Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu muhim voqealar  va ixtilofli masalalarda o‘zlarining to‘g‘ri fikriga ega bo‘lgan yetuk shaxs edilar. 

Ikkinchidan Payg‘ambar alayhissalomning eng yaqin do‘stlari bo‘lgani uchun ham mushriklar kelib" Ey Abu Bakr eshitdingmi, do‘sting Muhammad bir kechada Shomga borib, tong otmay yana Makkaga qaytib kelganini aytmoqda "-deyishdi.

Abu Bakr roziyallohu anhu"

"U zot shu gaplarni aytdilarmi? deb so‘radilar.

"Ha" deyishdi.

"Agar uzot shu gapni aytgan bo‘lsalar, to‘g‘ri aytibdilar men unga guvohlik beraman" dedilar.

"Nahotki shu garlarga ishonsang, ey Abu Bakr" deyishdi.

"Men u zot to‘g‘risida bundan ham ajibroq narsalarni ham tasdiqlayman. Osmondan xabar aytishlarini ham tasdiqlayman" dedilar.

Shu kundan boshlab Abu Bakr roziyallohu anhu Siddiq, ya'ni "tasdiqlovchi" degan ulug‘ maqomni oldilar.

Abu Bakr roziyallohu anhu hamma shubhaga tushib, ikkilanib turgan vaqtda ham, Payg‘ambar alayhissalomni hech ikkilanmasdan tasdiqlagan edilar. Qolaversa, o‘zlaricha Payg‘ambar alayhissalomning so‘zlaridan xato topish ilinjida kelgan mushriklarning bo‘yinlarini egib qo‘ygan edilar.

   Nazarov Anvar Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 08/11/2023 15:06;   Ko‘rilganligi: 159
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/abu-bakr-siddiqroziyallohu-anhuningfazilatlari
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 12:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing