O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

21 - oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni

 
 

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganiga mana ha demay 34 yil bo‘ladi.

Yil benihoya muqqddas va mutabar ne'mat, u odam degan mavjudodni shakllatirgan, qavmlarni birlashtirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takamilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan bemisil bir robitadir. Shuning uchun ham tilga e'tiborsiz insoniyatning o‘zligiga nopisandlik demakdir. Tilga ehtirom va e'tibor esa bu dunyoda inson bolasi muhtaramligigining e'tirofldir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan o‘zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e'zozlab ardoqlagan, o‘zbek tilining mukammalligi va betakror ohanlaridan faxru iftixor qilgan.

O‘zbek tilidagi tarang mantiq va go‘zallikni har soniya inkishof etishga ishtiyoq sezgan. G‘urursiz millat o‘z qiyofasini yo‘qotadi, aksincha milliy iftixor yuksak yurtda xalq tinch va hamjihat yashaydi. Xali totalitar tuzum hukmron bo‘lib turgan murakkab bir davirda 1989 - yilning 21 oktabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy g‘ururini tikladi jahondagi mavqiyini mustahkamladi.

Mustaqillik yillarida o‘zbek tilini ruvojlantirish buyicha amalga oshirilgan ulkan ezgu ishlarni izchil davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 - yil 21 oktabr kuni O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyini tubdan oshirish chora tadbirlari tug‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun 21 oktabr sanasini O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI deb e'lon qilish belgilangan. Bundan tashqari farmonda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqiyosidagi obro‘ e'tiborini tubdan oshitish, unib o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadiriyatlarga sadoqat, ulug‘ ablod ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni masalalari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘zbek tiliga davlat tili berilganlning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqi davomida Islom Karimovning davlat tilini shakllantitishdagi o‘rni haqida Ushbu qutlig‘ ayomni bayram qilar ekanmoz, avvalo 1989 - yil 21 oktabr sanasini Davlat tili haqidagi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir.

Yurtimizda mustabid tuzum xali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun osan kechmagan edi deb yodga oldi.

Davlatimiz rahbari nutqida ushbu tarixiy jarayonlarning guvohi va bevosita ishtirokchisi bo‘lganini esladi. Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Uning atrofida qanday qizg‘in bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tganini , o‘ylaymanki ko‘pchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham ushanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bo‘lganman.
Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz keng jamoatchilikning qat'iy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muxtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta o‘rin tutdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari quyilgan birinchi dadil qadam edi.

Eshnayev Eshquvvat Nurobod tumani mahalla mo‘llosi


Kiritilgan vaqti: 21/10/2023 14:30;   Ko‘rilganligi: 125
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/21-oktabr-ozbek-tili-bayrami-kuni
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 00:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing