O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

DUNYO BIR GAP BӮLAR OXIRATNI ASRANG!

 
 

Dunyo musibatlari qanchalik og‘ir bo‘lmasin, oxirat musibatlari oldida hech narsa emasdir. Misr podshohi vazirining xotini Yusuf alayhissalomga u bilan fahsh ishni qilishni taklif qilganida u zot bu taklifni rad qilib, Allohdan qo‘rqishini aytdi.

Shunda u ayol Yusuf alayhissalomga tahdid qilib: “Agar mening buyrug‘imni bajarmasang, zindonband qilaman va xoru-zor bo‘lasan” deb, yo u bilan fahsh ishni qilishni yoki zindonband bo‘lib, xorlanishni tanlashga ixtiyor berdi. Yusuf alayhissalom oxirat musibati og‘irroq va boqiyroq ekanini bilgani uchun o‘tkinchi dunyo musibatini ixtiyor qilib: “Ey Robbim, menga taklif etayotgan narsadan ko‘ra men uchun zindon ma'qulroqdir, dedi”. (Yusuf surasi 33-oyat)

Yusuf alayhissalom bunday yo‘l tutib, dinini va oxiratini saqlashga hamda Robbisining roziligini topishga erishdi.

Ayrim insonlar arzimas dunyoga erishish uchun oxiratidan voz kechadilar. Mol-dunyo ko‘ziga chiroyli ko‘ringanidan haloliga qanoat qilmay, haromiga ham oshib o‘tishadi. Birovga zulm qilish, uning obro‘sini to‘kish, molini nohaqdan yeyish, firibgarlik, ayg‘oqchilik, ahdlarga bevafolik, giyohvandlik, zino va shu kabi jamiyat uchun illat bo‘lgan, inson degan nomga or hisoblangan ishlarni qilishdan tap tortishmaydi. Nafsiga qul bo‘lib, dinini, iymonini xatarga qo‘yib, turli noshar'iy ishlarga jur'at qilishadi. Alloh taolo bizlarni dinni dunyodan ustun qo‘yadigan bandalaridan qilsin! Oxirat musibatidan O‘zi asrasin!

 “Hikmatlar chashmasi” dan.

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 13:21;   Ko‘rilganligi: 1775
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/dunyo-bir-gap-blar-oxiratni-asrang
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 23:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing