O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Tavbaga shoshiling!

 
 

Kishi ba'zida fitnaga sabab bo‘ladigan ishlarga qo‘l urib qo‘yganini bilmaydi. Amalga oshirilgan ish fitnani keltirib chiqarsa, qancha odamlar shu fitnaga qo‘shilib, gunohga botgan bo‘lsa, shuncha odamlarning gunohiga teng sherik bo‘lib qoladi. Bunga yetarli dalil xujjatlar bor!

Shuning uchun internet sahifalarida nimanidir yozishdan oldin gunoh yoki savob ish qilayotganingizni unutmang! "Fitna qatl va zinodan ham ashaddiy" ekanligini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlarini eslang! Ijtimoiy tarmoqda hech kimga yaxshi yoki yomon fikr bildirmang, chunki siz uning kim ekanligini aniq bilmaysiz, Qur'oni karimda "Agar sizga bir fosiq xabar keltirsa, uni aniqlang"  oyati karima barcha mo‘minlarning qilayotgan amallarini to‘g‘rilaydi, isloh qiladi. Endi, muftiy xazratlari to‘g‘risida yoki muftiylikka kim haqli to‘g‘risidaga masalaga oddiy xalqning fikr bildirishi o‘ta johillikning belgisidir. Muftiy xazratimizning bugungi kunda olib borayotgan ishlarini juda ko‘p sonli ahli ilmlar, ustoz va murabbiy zotlar e'tirof etib turganda, ularga tobe' bo‘lgan mo‘minlarning qisqa fikrlashining natijasi mo‘min-musulmonlarning o‘rtasida fitnadan boshqa narsani paydo qilmaydi. Azizlar, fitnaga sababchi bo‘lgan kim bo‘lsangiz ham gunohi kabira qildingiz, tavba qiling, zero, Alloh mehribon zot.

Xayrulloh domla Sattarov


Kiritilgan vaqti: 10/08/2020 07:52;   Ko‘rilganligi: 722
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/tavbaga-shoshiling
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 11:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing