O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

G‘iybat ulkan gunoh

 
 

 Qur'oni Karimda Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni hayot tarzi, oldi-berdi, oila, o‘zaro munosabatlari qanday bo‘lishi lozimligi aniq tizgilar bilan tasvirlab berdi. Jumladan o‘zaro munosabatlarda g‘iybat qilmaslikni mo‘min bandalarga ta'kidlab shunday marhamat qiladi:

“Ey iymon keltirgan bandalar ko‘p gumon qilishlikdan saqlaning! Ba'zilaringiz Ba'zilaringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan birontalaringiz o‘z birodarini go‘shtini o‘lik xolatda yeyishlikni xohlaydimi?! Bas, gunohi undan ham yomon bo‘lgan g‘iybatdan saqlaning”! Hujurot surasi.

Sahobai kiromlar so‘rashdi: “Ey rasululloh! “G‘iybat nima”? “Birodaringni o‘zi yo‘q paytida eshitsa xafa bo‘ladigan ishlarini gapirishliliging” –dedilar. Shunda sahobalar: “Biz gapirgan xolat unda bo‘lsachi”? – deyishdilar. Shunda rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Agar siz gapirgan narsa unda bo‘lsa g‘iybat bo‘ladi, agar unda bo‘lmasa unda tuxmat qilgan bo‘lasiz” dedilar”.

 Demak hayotimizda eng ko‘p uchraydigan xolat: “G‘iybat emasu, lekin falonchi undaq yoki bundoq” – degan xolat ko‘p uchraydi. “G‘iybat qilmang” – desangiz “G‘iybat emas haqiqat” – deyishadi. Hadisdan xulosa chiqarib aytadigan bo‘lsak, haqiqat bo‘lsa g‘iybat bo‘lar ekan. Aks xolda tuxmat bo‘lar ekan.

Ming afsuski hozirgi kunda g‘iybat musulmon bandalarni, ayniqsa ayollarni eng sevimli “mashg‘uloti”ga aylandi. Ikkita odamni boshi biriksa kimnidir g‘iybat qilad. Bu ish shunchalik oddiy xolatga aylanib qoldiki, uni hatto gunohligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Xatto ba'zilari bugun g‘iybatga bordingmi deb nom ham qo‘yib olishgan, nomi ham “G‘iybat” uyalmasdan shu nomni qo‘yganlar-a? Vaholanki bu ishni gunohligini Alloh taolo o‘z birodaringni go‘shtin o‘lik xolatda yeyishlik bilan tenglashtirib qo‘ydi.

 Shar'iy kitoblarimizda g‘iybatni turlaridan biriga ko‘zi bilan yoki qoshlari bilan ishora qilib birovni ustidan masxara qilish kiritilgan. Demak har qanday xolatda birovni ustidan kulishlikka yoki masxara qilishga mo‘min bandaga izn berilmas ekan.

Shu o‘rinda yana bir narsani aytib o‘tishliligimiz lozim. Hozirgi kunda ba'zi yoshlarimiz biron kishini ko‘cha-ko‘yda biror noqulay vaziyatga tushib qolgan xolatini telefoniga tasvirga olib, internetga qo‘yish, xollari ko‘p uchrab turibdi. Bu xolat eng yomon g‘iybat hisoblanadi.

  G‘iybatni gunohligini aytdik, bu gunohni kechirilish shartlaridan biri - g‘iybat qilgan odamingizdan kechirim so‘rashligingiz ekan. Shu bilan birga o‘sha odamni g‘iybat qilgan davrangizda: “Men falonchi haqida , falon vaqti noo‘rin gap aytgan edim. O‘sha gapim noto‘g‘ri ekan. U odam yaxshi inson ekan. Men nohaqlik qilgan ekanman” – degan ma'nodagi gaplarni aytishimiz lozim ekan. Aks xolda bu gunohimizni Alloh kechirmas ekan.

Demak biz uchun odatiy hisoblangan g‘iybat ana shundoq og‘ir gunoh ekan. Shunday ekan bu gunohdan saqlanaylik. Tilimiz, gapimiz, hatti-xarakatimiz bilan birovga ozor bermaylik. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Musulmon kishi shunday kishiki – uni tilidan va qo‘lidan hech kim ozor chekmaydi”. Alloh taolo barchalarimizni ushbu va boshqa gunohlardan saqlanadigan bandalaridan bo‘lishliligimizni nasib etsin.

ABILOV TOSHMUHAMMAD Ishtixon tumani “Muhojirlar” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 10/08/2020 14:34;   Ko‘rilganligi: 2759
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/giybat-ulkan-gunoh
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 16:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing