Maqolalar

Ota-ona o‘z bolasiga go‘zal odobdan afzal narsa bera olmaydi

Dinlarning mukarrami va mukammali bo‘lgan islom komil inson tarbiyasi, ayniqsa bolalarga odob va axloqdan puxta ta'lim berishni eng muhim vazifalardan biri qilib belgilagan.

 

BUGUN UCHUN NIMA TAYYORLADING?

Yazib ibn Horundan:

“Abu Bakr roziyallohu anhu bir xutbalarida bunday dedilar:

– Qiyomat kuni Alloh dunyoda unga yaxshilik, mo‘l rizq, sog‘lom va sihatli vujud bergan bo‘lsa ham, bu ne'matlarga nonko‘rlik qilgan banda Allohning huzuriga keltiriladi va unga:

 

Ibrat

Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas, u o‘sha qavmdandir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

TINCHLIK QADRI ULUG‘ NE'MAT

Inson dunyoga kelibdiki, baxtga, yaxshiliklarga intilib yashaydi. Saodatli bo‘lib hayot kechirishni orzu qiladi. Unga yetishish yo‘llarini izlaydi. Albatta bu ne'matga o‘z-o‘zidan erishilmaydi. Xalqimiz azaldan baxt deganda tinchlik, xotirjamlik, sihat-salomatlik, farzandlar kamoli, el-yurt oldida yuzi yorug‘lik kabilarni asosiy mezon sifatida bilgan.

 

Mavlud oyi muborak

Islom ezgulik va yaxshilik ustida qurilgan, butun dunyo ulamolari buni bir ovozdan etirof etadilar. Quroni karimga nazar solsak buning guvohi bo‘lamizki «Bas, (Ey Muhammad) mening shunday bandalarimga xushxabar beringki, ular gapni tinglab, uning eng go‘zaliga ergashadilar.Aynan o‘shalar alloh hidoyat etgan zotlardir,va aynan o‘shalargina aql egalaridir» (zumar 17,18oyat)shunday ekan  Rabiul avval oyi bu – Allohning marhamati bilan mukammal ko‘rinishda butun insoniyatga islom dinini tarqatgan,  butun insoniyatga Yaratguvchining eng oxirgi habibini bizu siz mo‘min musulmonlarga olloh tomonidan hadya etgan oy.

Qirq yildan keyin Alloh taolo Payg‘ambar mavqeini ato etgan go‘dak Muhammad 571 yil Rabiul avval oyining 11 va 12 kuni o‘rtasida haftaning Dushanba kuni tug‘ilgan deb hisoblash qabul qilingan.

 

OLTI NAFAR PESHQADAM ANSOR

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Inson bolasi bir etning ichida birda semirib-birda ozib yashaydi. Bu sifat kayfiyatga ham taalluqli. Hozirgina osmonda charaqlab turgan quyoshning yuzini birdan bulut to‘sishi tabiiy. Kishining ko‘nglini xira qiladigan omillar ham bisyor. Shundan, biz yiqilganni suyash haqida so‘zlamoqchimiz.

Mahzun qalbli  kishiga kimdandir yaxshilik yetsa,  naqadar minnatdor bo‘lishini tasavvur qiling. Bir muddat dardu hasratlarini unutib,  yelkasidan tog‘ qulagandek bo‘ladi. Yaxshilik sohibiga nisbatan dilida samimiy tuyg‘ular jo‘sh uradi. Uni avval tanimagan bo‘lsa, endi qondoshiga qaragandek qaraydi, tanigan bo‘lsa – qayta tan oladi. Sababi, samimiyat bilan qilingan yaxshilik ta'madan pok, g‘arazdan xoli bo‘ladi. Insoniing sezgir tuyg‘ulari buni darhol ilg‘aydi.

 

AQIDADA QABR AZOBI

Qiyomat kuni amallarning o‘lchanishi, tarozu haq va rostdir. Gunoh va savoblar hisob-kitob qilinishi haq va rostdir. Jannat va do‘zzax shu kunda ham mavjuddir. Ular abadiy, foniy bo‘lmaydilar. Jannatning nozu ne'matlari, huru g‘ilmonlari ham abadiy barhayotdirlar. Allohning jazosi ham, savobi ham abadiy, tuganmasdir.

 

KULGINI KO‘PAYTIRMANG

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Kulgini kamaytir. Zotan ko‘p kulgi qalbni o‘ldiradi", - dedilar".
Ushbu hadisga e'tibor berilsa, kulgi mutlaqo taqiqlanmayyapti. Balki, kulgini kamaytirish, noo‘rin kulgidan qaytarilyapti. Aslida bo‘lar-bo‘lmas narsalar uchun kulaverish boshqa xalqlar orasida ham madaniyatsizlik hisoblanadi.

 

Ikkinchi dars. Allohdan qo‘rqish

Ey o‘g‘lim! Rabbing qalbingda sir saqlayotgan va tiling bilan oshkora so‘zlayotgan narsalarni bilur. U barcha amallaringdan xabardor Zot. Shunday ekan, Allohdan qo‘rq! U rozi bo‘lmaydigan holatda seni ko‘rib qolishidan ehtiyot bo‘l!

Rabbing senga g‘azab qilishidan ogoh bo‘l! Zero, U seni yaratdi, rizqlantirdi va senga barcha ishingda ishlatadigan aqlni berdi. Tasavvur qil, otang bir ishdan qaytargan bo‘lsa-yu, sen uni qilsang va u bundan xabardor bo‘lsa, holating qanday bo‘ladi? Qattiq jazolanishdan qo‘rqmaysanmi? Albatta, Alloh taolo bilan ham holating mana shunday bo‘lsin. Chunki U seni har tarafdan ko‘ra oladi. Shunday ekan, senga buyurgan har bir ishda beparvolik qilma, qaytargan narsasiga qo‘lingni cho‘zma!

 

O‘zbekiston dunyo hamjamiyatiga o‘rnak bo‘lmoqda

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa shukrki, yurtimizdagi inson manfaatlariga qaratilgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan ham munosib e'tirof etilmoqda, taqdim etilgan taklif-tashabbuslar hayotiyligi bilan muhim ahamiyat kasb etayotir. Natijada mamlakatimiz dunyo miqyosida o‘z o‘rni, o‘z so‘ziga ega bo‘lib, dovrug‘i yanada yuksalmoqda.

Prezidentimizning 2023 yil 17-21 sentyabr kunlari AQSHga qilgan safari ham samarali muloqotlar, manfaatli uchrashuvlar va foydali kelishuvlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini bugungi kunda muhim bo‘lgan masalalarga e'tibor qaratib, bir qator takliflarni ilgari surgani okeanorti safarining eng muhim nuqtasi bo‘ldi.

 

Dinda adashuvchi kimsalarning adashishlariga sabab bo‘luvchi omil

Dinda adashuvchi kimsalarning adashishlariga sabab bo‘luvchi omil bu g‘uluv, ya'ni dinda chuqur ketish hisoblanadi.

Bugungi kundagi diniy ektremistik va terroristik jamoalar faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning eng asosiy mushtarak jihatlari o‘zlariga qo‘shilmagan barchani kufrda ayblash desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Rasulullohni yaxshi ko‘ring, shunda baxtli bo‘lasiz

Baxtli bo‘lmoq yaxshi ko‘rmoqdir. Hamma o‘zi baxt deb bilgan narsani yaxshi ko‘radi. Yoki yaxshi ko‘rgan narsasiga erishishni baxt deb biladi. Shuningdek, baxtining manziliga olib boruvchi yo‘lni yaxshi ko‘radi, bu yo‘ldagi har qanday qiyinchilik unga halovat va har qanday ozor lazzat bo‘lib tuyuladi. Bu yo‘ldagi yo‘lboshchisini ham jonidan ortiq yaxshi ko‘radi. Uni o‘ziga o‘rnak (ideal), manziliga yetkazuvchi sarbon  deb biladi. Lekin ko‘pincha manzillar sarob, yo‘llar xarob, o‘ziga namuna-o‘rnak qilgan yo‘lboshchilar o‘zlari “baxtsiz” kimsalar bo‘lib chiqadi. Borgan manzilidan nima topsa topadiki, faqat baxtni emas. Erishgan turmush tarzida ham nima bo‘lsa bo‘ladiki, faqat xotirjamlik, halovat va ofiyat bo‘lmaydi. Buni anglaganlarida kech, judayam kech bo‘ladi. Chunki bu paytda umr poyoniga yetgan, kuchlari tugagan, imkonlari qolmagan bo‘ladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing