O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Umra keyingi umragacha qilgan gunohlariga kafforatdir...”

 
 

Har bir amallarning ijobati niyatga bog‘liq. Agar bajariladigan amalda riyo, manmanlik yoxud qandaydir dunyoviy maqsadlar ko‘zlansa, unga savob berilmaqdi, Alloh taolo qabul qilmaydi. Umra ibodatini ham mukammal ado qilish uchun avvalo niyatni to‘g‘ri qilib olish lozim. Barcha amallar niyatga bog‘liq bo‘lgani uchun, ibodatda yagona maqsad Alloh taoloning roziligini istash bo‘lishi kerak. Agar dunyo noz – ne'matlariga erishmoqchi, “hoji aya” yoki “umraga borgan” nomlarini qozonmoqchi, “xo‘jako‘rsin” yoki asosiy maqsadi o‘zga yurtlarni sayr qilib, bir yo‘la umrani ado etib kelmoqchi bo‘lsa, umra ibodati qabul bo‘lmaydi.  Alloh taolo buyuradi:

 

وَأَتِمُّوا الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ لِلَّه

     “Haj va umrani Alloh uchun mukammal ado eting!” (Baqara surasi, 196).

Umra safariga otlangan ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida belgilangan imom-xatiblar bilan Samarqand viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov va vakillik mutaxassisi H.Bekqulovlar vakillik binosida uchrashib, Umraning ana shu jihatlari, e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar borasida safar davomida ziyoratchilarga yetarli tushuncha va ko‘rsatmalar berish, safarning tashkiliy masalalarini muhokama qildilar.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/02/2020 11:34;   Ko‘rilganligi: 1324
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/umra-keyingi-umragacha-qilgan-gunohlariga-kafforatdir
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 13:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing