O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi

 
 

Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.

“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”-, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

         Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida:

“Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb aytishlari orqali farzand tarbiyasi muhim amallardan ekanligiga ishora qilmoqdalar.

          Narpay tuman “Xo‘ja Karzon” jome masjidi imom-xatib vazifasini bajaruvchi Husniddin Mingliboyev tumandagi 7-maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, odob-axloq, kiyinish madaniyati, sog‘lom e'tiqod mavzularida suhbat o‘tkazdi.

Shu bilan birga tadbirda H.Mingliboyev yoshlarni kitobxonlik, mutolaa va kitob bilan do‘st bo‘lishga chaqirdi. Ko‘p kitob o‘qigan, ilmga chanqoq bo‘lgan kishining tafakkur doirasi ham boshqalarnikidan ajralib turishi,  u olamni, hayot haqiqatini, yaxshi-yomonni terangroq anglashi, nima uchun dunyoga kelganu, nima bilan o‘zining qadrli bo‘lgan umrini o‘tkazyotgani, qaysi amali foydali va qaysi ishi noto‘g‘ri ekani borasida mushohada eta boshlashi haqida gapirib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/10/2019 16:15;   Ko‘rilganligi: 1979
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/tarbiya-qancha-mukammal-bolsa-xalq-shuncha-baxtli-yashaydi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 18:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing