O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ommaviy madaniyat va boshqa zararli illatlar haqida aholiga tushunchalar berildi

 
 

Kattaqo‘g‘on shahar Go‘zalkent,  Oqoltin mahalla aholisi bilan 14-maktab yig‘ilishlar zalida Ommoviy madanyat, o‘z joniga qasd qilishni oldini olish hamda Giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom-xatibi Xayrulla Do‘stmurodov, hokimlikning hotin-qizlar bo‘yicha qo‘mitasi, shahar IIB xodimlari hamda maktab ma'muriyati ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan X.Do‘stmurodov bugungi kunda hech bir xalqning milliy va ma'naviy an'anasi, odatlariga to‘g‘ri kelmaydigan turli “urf-odatlar” ko‘payib borayotgani, ko‘pchilik, xususan ayrim yoshlar uning ta'siriga tushib, bu narsa esa yoshlarimizning yurish-turishida, kiyinishida, o‘zini tutishi-yu boshqalar bilan bo‘ladigan suhbatlarida ko‘zga tashlanayotgani, bunday yot g‘oyalar esa bizning milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga aslo to‘g‘ri kelmasligi, bu kabi turli nayrang va xatarlardan ogoh, sergak va hushyor bo‘lish lozimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, imom-xatib X.Do‘stmurodov o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida aniq dalillar asosida yg‘ilganlarga tushunchalar berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/12/2019 14:41;   Ko‘rilganligi: 1590
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ommaviy-madaniyat-va-boshqa-zararli-illatlar-haqida-aholiga-tushunchalar-berildi
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 23:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing