O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Jomboy tumanida "Oilada er va xotinning vazifalari" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

 
 

Oila baxtiga erishish – har bir insonning orzusi. Buning uchun esa  oilada tinchlik-totuvlik, er va xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch, sadoqat bo‘lsa kifoya. Zotan, bu  jihatlar farzandlar tarbiyasida, ularning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida  muhim ahamiyat kasb etadi.        

Islom ta'limotiga ko‘ra oila Yaratganning roziligini topish, Payg‘ambar alayhissalom axloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi. Alloh taolo aytadi: "Alloh sizlar uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o‘g‘illar va nabiralar paydo qildi" ("Nahl" surasi, 72-oyat). Payg‘ambar alayhissalom bir hadislarida: "Nikoh mening sunnatimdir, kim sunnatimdan voz kechsa, u mendan emas" (ya'ni ummatimdan emas), deganlar. Demak, nikoh asosida turmush qurish Alloh taoloning buyrug‘i, Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlari ekan. Nikoh tufayli inson o‘z nasl-nasabining pokligini saqlaydi, iffatini asraydi, buzuqlik, zino singari harom ishlardan tiyiladi.

Jomboy tuman bosh imom xatibi N.Xidirov  Jomboy tuman Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining yig‘ilishlar zalida 100 nafardan ziyod bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarga "Oilada er va xotinning vazifalari" to‘g‘risida maruza qildi. Yig‘ilganlarga, dinimizda er va xotinning har biriga o‘ziga xos huquqlar berilgani, ma'lum majburiyatlarni ham yuklaganligi, mazkur huquqlarning ba'zilari er va xotin o‘rtasida mushtarak bo‘lsa, ba'zilari erga tegishli va yana ba'zilari xotinning o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqlar hisoblanishi haqida so‘zlab berildi.  Tadbir savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olgan ishtirokchilar oila va er-xotinning o‘zaro huqulari haqida ma'lumotlarga ega bo‘ldi.  

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/09/2019 15:56;   Ko‘rilganligi: 1084
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/jomboy-tumanida-oilada-er-va-xotinning-vazifalari-mavzusida-tadbir-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/02/2024 11:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing