O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Iymonning inson tarbiyasiga ijobiy ta'siri

 
 

Samarqand shahar 14-maktab o‘quvchilari bilan “O‘quvchi yoshlarning diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish” mavzusida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahar “Panjob” jome masjidi imom xatibi Botirali Rizayev qatnashib, o‘quvchilarga yaxshi ilm egallashlari uchun duoi xayrlar qildi hamda iymonning inson tarbiyasiga ijobiy ta'siri haqida so‘z yuritdi. Islom dinining asoslaridan biri bo‘lgan poklik va pok yurishlik ekanligi haqida tushunchalar berdi. “Halol va harom” nima ekanligi haqida o‘quvchilar bilan disput (savol-javob va munozara asosida mashg‘ulot) tashkil qilindi, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga  imkon qadar javob olishdi. Ular tomonidan berilgan savollarga rivoyatlar, hayotiy misollar orqali qiziqarli tarzda javob berishga harakat qildi va har doimgidek ularda ushbu uchrashuv katta ta'surot qoldirdi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/10/2019 13:54;   Ko‘rilganligi: 1661
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/iymonning-inson-tarbiyasiga-ijobiy-tasiri
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 09:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing