O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Imom xatiblarimiz Vaqf xayriya jamoat fondini jamoatchilikka tanishtirishda davom etmoqda

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Qarori qabul qilingan edi. Shu munosabat bilan 2019 yil 21 fevral kuni Samarqand tuman hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand tumanining xotin-qizlar qo‘mitasi, prokuratura, mahalla jamg‘armasi, deputatlar, mahalla rais va maslahatchilari, tuman Majburiy ijro byurosi xodimlari, OAV xodimlari, Tuman bosh imom xatibi va tumandagi barcha imom xatiblar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Samarqand tuman bosh imom xatibi B. Sharipov tadbirda belgilangan mavzuda so‘z yuritib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tuzilgan “Vaqf” jamoat fondining faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Fond xayriya ishlariga bel bog‘lab, jamiyatda tenglik, o‘zaro birodarlikni uyg‘otish, silai rahm va hojatmand insonlar ehtiyojini ta'minlash, kam ta'minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va beva-bechoralarning moddiy ta'minotini yaxshilashda keng ko‘lamli ishlarni amlga oshirib kelayotganligini aytib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1460
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-xatiblarimiz-vaqf-xayriya-jamoat-fondini-jamoatchilikka-tanishtirishda-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 10/11/2024 19:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing