O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

IMOM BUXORIYDA O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI, FOTOKO‘RGAZMA DAVOM ETADI

 
 

Turkiyalik taniqli fotograf Orhan Durgut Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘zining fotoko‘rgazmasini tashkil etdi. Fotoko‘rgazma asarlarida dunyoning 60 ta Islom shaharlarining tarixiy bino va muqaddas qadamjolari aks ettirilgan. E'tiborlisi fotograf Imom Buxoriy ilmiy safarlarda bo‘lgan Makka, Madina, Basra, Kufa, Bag‘dod, Damashq, Qaysariya, Asqalon va E'zob shaharlarida bo‘lib, u yerdagi mashhur Islom madaniy meroslarini o‘z ijodida aks ettirgan. Orhan Durgutning fotojamlanmasidan O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent, Termiz shaharlarida joylashganmuqaddas qadamjo va ziyoratgohlar xususan, Imom buxoriy yodgorlik majmuasi, Registon ansambli, Shohi Zinda, Ichan Qala, Hakim Termiziy, Xasti Imom, Ko‘hna Ark kabi mashhur tarixiy obidalar va maqbaralar o‘rin olgan.    

Mazkur fotoko‘rgazma Imom Buxoriy tavallud topgan oy (810 yil, 20 iyul) munosabati bilan tashkil etilayotganligi bois, muhaddisning “Sahih al-Buxoriy” asarining qo‘lyozma nusxalari ham ko‘rgazma doirasida xalqimiz e'tiboriga havola etilmoqda.  

Imom Buxoriy “Sahih al-Buxoriy” asarining qo‘lyozma nusxalari” va “Dunyo islom shaharlari” nomli xalqaro fotoko‘rgazma joriy yilning 19 iyulidan 19 avgustiga qadar davom etadi.

Bundan tashqari bugun 19 ibl kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Sahih al-Buxoriy” asarining qo‘lyozma nusxalari” va “Dunyo islom shaharlari” nomli xalqaro fotoko‘rgazma jarayonida ilmiy amaliy o‘quv seminari ham bo‘lib o‘tdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori U.Uvatov, O‘MI Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov, SamDU filologiya fanlari doktori, professor D.Salohiy, Turkiyalik taniqli fotograf Orhan Durgutlar o‘z ma'ruzalari bilan o‘quv seminar qatnashchilariga kerakli ma'lumotlarni yetkazdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/07/2019 15:26;   Ko‘rilganligi: 1071
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-buxoriyda-oquv-seminar-bolib-otdi-fotokorgazma-davom-etadi
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 07:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing