O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

 
 

Viloyatda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, mahalla va oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Muqaddas islom dinini niqob qilib turli g‘arazli maqsadlarni amalga oshirishga urinish harakatlari sodir bo‘layotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Aqidaparast, ekstremist, terrorchilar jirkanch qiyofasini turli ko‘rinishlarda namoyon qilib, qonunga xilof xatti-harakati bilan jamiyatimizdagi barqarorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishga urinmoqda. Targ‘ibot tadbirlarida aholini bunday tahdidlardan ogoh etilmoqda.

Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik, turli ma'naviy tahdidlarning oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Urgut tumani targ‘ibot guruhi a'zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamatqulov, Samarqand viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga mustaqil fikrlaydigan, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega shaxslarni tarbiyalash, yoshlar qalbi va ongida sog‘lom turmush tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish orqaligina buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni hosil qilish mumkinligi borasida, diniy vaziyatni yaxshilash, diniy xurofotlarning oldini olish, noto‘g‘ri g‘oyalar talqin etib yurgan fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish, hududdagi notinch yoki salbiy hatti-xarakatni sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan yakka tartibda ishlash, hududni jinoyatdan xoli hududga aylantirishda o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini aytib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/10/2019 13:29;   Ko‘rilganligi: 1292
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ijtimoiy-manaviy-muhitni-yanada-soglomlashtirishga-bagishlangan-targibot-tadbirlari-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 21:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing