O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

DINIY SOHA XODIMLARI UCHUN O‘QUV MASHG‘ULOTLARI BOSHLANDI

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 apreldagi PF-5416 va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 yanvardagi 25-son qarori asosida Diniy soha xodimlari, shuningdek mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, oliy o‘rta maxsus, umumiy o‘rta-ta'lim muassasalarinig sohaga oid pedagog kadrlarini malakasini oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risidagi ishlab chiqilgan nizom asosida Malaka oshirish kurslari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  huzuridagi malaka oshirish Markazi hamda Markazning Samarqand, Surxondaryo, Namangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy filiallarida tashkil etildi.

Joriy yilning 11 iyul kuni Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialiga reja asosidagi tashkil qilingan malaka oshirish kursiga belgilangan hududlardan, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Samarqand viloyatlaridan tashrif buyurgan 40 nafar imom-xatiblar malaka oshirish kursiga tinglovchi sifatida qabul qilinib dars jarayonlari boshlab yuborildi.

Tinglovchilar uchun Imom Buxoriy xalqaro markazining 60 o‘rinli barcha qulayliklarga ega yotoqxonasi ajratib berildi.  

Kunning birinchi qismida o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz direktori T.Evadullayev, IBXITM direktori Sh.Ziyodov, IBXITM direktor o‘rinbosari Sh.Umarov,  Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hadisshunoslik sho‘basi boshlig‘i B.Amonov va Markazning o‘quv bo‘limi boshlig‘i J.Ochilovlar ishtirok etib, tinglovchilarni yangi o‘quvlar bilan qutlashdi. 

1-juftlikda Hadisshunoslik moduli bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sh.Umarov ma'ruza o‘qidi. 2-juftlikda tarix fanlari nomzodi, dotsent Sh.Ziyodovning “Markaziy Osiyo mutafakkirlarining diniy-ma'rifiy merosi” mavzusidagi ma'ruzasi sayyor tarzda o‘tkazildi. 3-juftlikda B.Amonovning “Zamonaviy fiqhiy fatvolar” mavzusidagi ma'ruzasi o‘tkazildi.

Manba: bukhari.uz


Kiritilgan vaqti: 11/07/2019 17:21;   Ko‘rilganligi: 1194
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/diniy-soha-xodimlari-uchun-oquv-mashgulotlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 08:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing