Beshikdan qabrgacha ilm izla
Bulung‘ur tuman “Niyozmat” jome masjidi imom-xatibi Muslihiddin Hidoyatov Niyozmat mahallasidagi 11-maktabda 8-sinf o‘quvchilari bilan “Ilmning fazilati va hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar” to‘g‘risida suhbatlashdi. Yosh imom-xatib o‘z hayotidan misol keltirar ekan, o‘rta maktabni a'lo baholar bilan bitirgach, Nukus shahridagi “Muhammad al-Beruniy” islom o‘rta maxsus bilim yurtida tahsil olib kelganini esladi.
“Albatta, bular mamlakatmizda yoshlarning dunyoviy va diniy ilmlarning egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligidandir. Ilm o‘rganishga intilish har bir mo‘min-musulmon zimmasidagi buyuk farzdir. Qur'oni karimning ilk oyati “O‘qi” amri bilan nozil bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmning fazilati shu darjadaki yuqorida ekanligidan va uni egallash o‘ta zarurligidan: “Beshikdan qabrgacha ilm izla, ilmni Chin mamlakatidan bo‘lsa ham o‘rganinglar”, deb ta'lim berganlar, deya o‘quvchilarga ilmning fazilatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 31/10/2019 15:28; Ko‘rilganligi: 2386
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 07:28