Ziyoratchilarni kuzatish davom etmoqda
Joriy yilning 8 mart kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2017” ziyoratining bahor mavsumi ziyoratchilarining navbatdagi guruhlari viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar. Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtimom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchi otaxonu onaxolar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ularga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.
Ziyoratchilar 9 mart kuni erta tongdan Toshkent xalqaro Ayeroportidan Saudiya Arabistoniga qarab uchib ketadilar.
Kiritilgan vaqti: 08/03/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2914
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 16:12