Ziyorat turizmi: O‘zbekiston, xususan Samarqandning ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati Malayziya va Indoneziyada namoyish etiladi
Yurtimizda ziyorat turizmini rivojlantirish, xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida qator targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etib borilmoqda.
Saytimiz orqali yurtimiz, xususan Samarqandga kelgan Indoneziya, Tatariston delegatsiyalari, Turkiya jurnalistlarining bu yerdagi mavjud imkoniyatlarni yuksak baholab, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishgani haqida ma’lumot berib o‘tilgan edi. Hozirda esa ushbu imkoniyatlar aynan xorijda namoyish qilinmoqda.
Malayziyada bo‘lib turgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya ushbu davlatda turli uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqdalar. Delegatsiya tarkibida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ushbu uchrashuvlarda faol qatnashmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining “muslim.uz” rasmiy vep portali xabar berishicha Malayziya hukumatiga qarashli bo‘lgan “Tabung haji” jamg‘armasi vakillari bilan o‘tkazilgan tadbir samarali o‘tgan. Ushbu jamg‘arma Malayziyada haj ziyorati masalalari bilan shug‘ullanadi.
Tashrifning qolgan tafsilotlarini saytimiz orqali imkon qadar yoritib boramiz.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 15/12/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2058
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 03:17