YOSH TADBIRKOR BILAN UCHRASHUV
Oqdaryo tumani Dahbed mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan yosh tadbirkor Ulug‘ov Abubakir bilan yaqindan suhbat qurish maqsadida viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov uning xonadonida tashkil etgan tikuvchilik sexiga bordi.
A.Ulug‘ov bugungi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, kichikroq tikuv sexini tashkil qilgan va o‘z mahallasidagi 10 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan. U o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishni va yanada ko‘proq ish joylarini yaratish rejasi borligini bildirdi. Viloyat bosh imom xatibi unga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan holda haqqiga duoi xayrlar qildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 08/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1444
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 17:06