O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yoqubjon domla Mansurov Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari bilan “Sof islom aqidasini saqlaylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

 
 

Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari bilan “Sof islom aqidasini saqlaylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbatida 100 ga yaqin talaba yoshlar va oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Ma'lumki, din mustahkam aqida ustiga qurilmas ekan, uning natijasi zalolat, adashishdan boshqa narsa bo‘lmaydi.
Zero, buyuk bobomiz So‘fiy Olloyor:

Aqida bilmagan shaytona eldir,
Agar ming yil amal deb qilsa, yeldir, deb ta'kidlaganlar.

Xulosa qilib aytganda, xanafiylikning boshqa mazhablardan farq qilib turuvchi asosiy fazilati, uning mo‘tadilligi va boshqa dinlar bilan ham munosabatida bag‘rikengligi, hayotiy ehtiyojlar bilan hamnafasligi, tirikchilik va taraqqiyot zaruratini chuqur idrok etish bo‘lib, O‘zbekistonning bugungi demokratik taraqqiyoti yo‘liga ham hamohangdir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmti


Kiritilgan vaqti: 21/09/2021 19:01;   Ko‘rilganligi: 710
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yoqubjon-domla-mansurov-samarqand-davlat-arxitektura-qurilish-instituti-talabalari-bilan-sof-islom-aqidasini-saqlaylik-mavzusida-davra-suhbati-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 11:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing