O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YIRIK SEMENT ISHLAB CHIQARISH KORXONASI BUNYODKORLIGIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI

 
 

Kattaqo‘rg‘on tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonaga tamal toshi qo‘yildi

Yaqinda Xitoyning nufuzli “GANSU HENGYA CEMENT Co LTD” kompaniyasi hamda O‘zbekistonning “Zamon injiniring” korxonasi hamkorligida “HENGYUAN CEMENT” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasiga asos solingan edi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov amalga oshirilayotgan loyihaning istiqbolli kelajagi va undan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi. Xitoyning “GANSU HENGYA CEMENT Co LTD” kompaniyasi bosh direktori Chjay Vanmin davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik samarasi bo‘lgan ushbu korxona har ikki tomon uchun ham manfaatlibo‘lishini e’tirof etdi.

Loyiha qiymati 420 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan mazkur loyihaning amalga oshirilishi bilan bu yerda yiliga 2,4 million tonna sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Zavod qurilishining birinchi bosqichi 2018-2020 yillarda amalga oshiriladi va bu bosqichda 220 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega dastlabki blok ishga tushiriladi.

Ikkinchi bosqich 2020-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha yakunlangach mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

– Tumanimiz ahli bunday ulkan xayrli va savobli ishdan juda xursand, - deydi tuman faollaridan biri Mavlon Mardonov. – Nasib etsa, ushbu korxonaning ishga tushishi nafaqat tumanimiz iqtisodiyoti rivoji, balki xalqimiz farovonligiga ham xizmat qiladi.

Manba: zarnews.uz


Kiritilgan vaqti: 19/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1412
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yirik-tsement-ishlab-chiqarish-korxonasi-bunyodkorligiga-tamal-toshi-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing