O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

#YANGILIK: «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

 
 

2020 yil 19 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parliament.gov.uz saytida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonun loyihasi har kimning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqini, dinga bo‘lgan munosabatdan tashqari fuqarolar tengligini, jamiyatda millatlararo va konfessionlararo kelishuvni ta'minlash borasida davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

❗️Qonun loyihasini takomillashtirishda jamoatchilik fikrini olish maqsadida loyiha parliament.gov.uz saytining “Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari” rukniga (http://parliament.gov.uz/uz/laws/discussed/31743/) joylashtirilgan.


Kiritilgan vaqti: 20/08/2020 18:35;   Ko‘rilganligi: 838
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yangilik-vijdon-erkinligi-va-diniy-tashkilotlar-togrisidagi-qonun-loyihasi-jamoatchilik-muhokamasiga-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 19:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing