O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yangi tahrirdagi Qonun loyihasiga munosabat

 
 

O‘zbekiston Respublikasi dunyoviy demokratik davlat hisoblanadi. Respublikamizda din va davlat munosabati vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyat yuritishi bo‘yicha huquqiy asos yaratilgan. Har qanday qonun vaqt o‘tishi, holatlar va muhitlar o‘zgarishi bilan mukammalshtirilib borilaveradi. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan barcha sohalar kabi diniy yo‘nalishda ham islohotlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lgan edi. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi, aynan, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash masalasiga bag‘ishlangani ham mamlakatda diniy munosabatga ko‘rsatilayotgan yuksak e'tiborning yorqin namunasidir.

2020 yil 19 avgust kuni Oliy majlis qonunchilik palatasining http://parliament.gov.uzveb-saytida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risi”dagi Qonun loyihasi e'lon qilindi. Ushbu qonun loyihasi har kimning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqini, dinga bo‘lgan munosabatdan tashqari fuqarolar tengligini, jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo kelishuvni ta'minlash borasida davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonun loyihasini takomillashtirishda jamoatchilik fikrini olish maqsadida loyiha saytning “Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari” rukniga joylashtirildi.

Qonun loyihasida ko‘zda tutilgan bir nechta yangilik va o‘zgarishlar sohada yig‘ilib qolgan muammolarga yechim bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, qonundagi diniy sohadagi qonun hujjatlarida qo‘llanadigan asosiy tushunchalarga ta'rif berildi. Eski qonundagi ayrim bandlarda tushunmovchilik mvjud bo‘lib, ularda sharhlarga ehtiyoj bor edi.

  • Har bir shaxsning diniy ta'lim muassasalarida professional diniy ta'lim olishi, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida diniy ta'lim berish) o‘rgatish huquqi belgilandi. Endi diniy ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifati yanada oshishi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari ota-onalar o‘z farzandlariga asosli diniy ta'lim bera olish huquqiga ega bo‘lish orqali yoshlarimizning odob-axloqli bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘makchi bo‘lishiga imkon yaratiladi.
  • Diniy tashkilot rahbarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. Bu bilan ko‘plab fuqaroligi bo‘lmagan ammo yetarlicha diniy bilimga ega bo‘lgan shaxslar masjid imom-xatibi va boshqa lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘lganligi yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talablarni qondirish imkonini beradi. Bunday shaxslar Samarqand viloyatida bir nechtani tashki etishini ham eslab o‘tishimiz lozim.
  • Diniy tashkilotlarning hujjatlarini notarial tasdiqlash tartibining bekor qilinishi, tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta'lim muassasasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibining soddalashtirilgani, mahalliy diniy tashkilotni ro‘xatdan o‘tkazish uchun talab qilinadigan shaxslar soni 100 tadan 50 taga qiqartirilgani ushbu sohada ko‘plab yengilliklarni paydo qilmoqda.

Xulosa qilib aytganda ushbu qonun loyihasi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy soha umume'tirof etilgan yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari va bevosita O‘zbekiston sharoitida dinlararo munosabatlarni shakllanishining tarixiy sharoitilarini o‘z ichiga olgani bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha muhokamasida ekspertlar, mutaxassislar va barcha fuqarolar o‘zlarining takliflari bilan qatnashishlari mumkin.

O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi - Zayniddin Eshonqulov


Kiritilgan vaqti: 20/08/2020 19:57;   Ko‘rilganligi: 875
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yangi-tahrirdagi-qonun-loyihasiga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 17:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing