Yangi ochilgan “Urgut” markaziy jome masjidida ilk juma namozi o‘qildi (+fotolavha)
Bugun, 19 mart kuni Samarqand viloyati Urgut shahrida yangi qad rostlagan “Urgut” markaziy jome masjidida ilk juma namozi o‘qildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Erdon domla Esonov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, imom-xatiblar va namozxonlar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Urgut” markaziy jome masjidi Adliya boshqarmasidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar bergan edik.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 19/03/2021 18:51; Ko‘rilganligi: 1423
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:57