O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XUSHXABAR: Muftiy hazratlari Oliy ma'haddagi yangi qurilish ishiga oq fotiha berdilar

 
 

Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Toshkent islom institutida olib borilayotgan bunyodkorlik va rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Muftiy hazratlari ushbu o‘quv dargohi hududida qad rostlayotgan 4 qavatli binoda bo‘layotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida o‘qituvchi va talabalarga qulay shart-sharoitlar qilish, qo‘shimcha binoning oliygoh faoliyatidagi ta'lim jarayoniga ijobiy ta'siri haqida tavsiyalar berdilar.

Hozirda mazkur binoga plastik derazalar o‘rnatish, binoni tom qismini yopish va ichki va tashqi tomonlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov Toshkent islom institutining o‘quv auditoriya va ma'muriy-boshqaruv xonalarga ehtiyojini ta'minlash maqsadida, institutda mavjud asosiy binoni rekonstruksiya qilish (yangi 3-qavat qurish) bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilganini hamda mazkur o‘quv binosini “Paradise Projects” mas'uliyati cheklangan jamiyatning taklif loyihasiga binoan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar Arxitektura va qurilishni nazorat qilish boshqarmasidan mavjud binoni rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olinganligini aytib o‘tdi.

Institutning asosiy binosida rekonstruksiya ishlari 2020 yil 20 avgusdan boshlanadi hamda qo‘shimcha ravishda 15 dona talabalar o‘quv auditoriyasi, 1 dona katta majlislar zali, 1 dona o‘qituvchi va talabalar oshxonasini joylashtirish rejalashtirilgan.

Oliy ma'haddagi yangi qurilish ishlarini milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos holda amalga oshirish yuzasidan muftiy hazratlari alohida yo‘nalishlar va tavsiyalar berdilar.
Tashrif so‘ngida muftiy hazratlari mazkur qurilish ishlari uchun duoi fotiha berdilar

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/08/2020 07:31;   Ko‘rilganligi: 762
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xushxabar-muftiy-hazratlari-oliy-mahaddagi-yangi-qurilish-ishiga-oq-fotiha-berdilar
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 22:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing