O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xushxabar: 24 sentyabrdan juma namozi masjidlar xonaqosida ado etiladi

 
 

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma'naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e'tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi hamda ma'qullandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/09/2021 11:53;   Ko‘rilganligi: 564
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xushxabar-24-sentyabrdan-juma-namozi-masjidlar-xonaqosida-ado-etiladi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 08:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing