O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xorijiy diniy ta'lim muassasalari

 
 

 “Al-Azhar” ta'lim majmuasining barcha muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo‘yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) tomonidan qabul qilinadi. 

   “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

1. Ariza (namuna bo‘yicha)

2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;

3. Umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yoki oliy ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

4. Fuqaroning shaxsiy ma'lumotnomasi (namuna bo‘yicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

          Ma'lumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul kunlari) ko‘rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi. 

Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy. Tel: (71) 239-43-73)da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

1-ilova Maslahat kengashi Tarkibi

2-ilova Maslahat kengashi Nizomi

3-ilova Ishchi guruh tarkibi

 4-ilova Ishchi guruh Reglamenti

 5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita


Kiritilgan vaqti: 24/06/2021 10:08;   Ko‘rilganligi: 972
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xorijiy-diniy-talim-muassasalari
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing