O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xorijdagi ishonchli diniy ta'lim muassasalari

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha 

Maslahat kengashi tavsiya etadigan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati

Ta’lim muassasasi nomi

Ta’lim muassasasi joylashgan davlat

Ta’lim muassasasining
rasmiy sayti

1.

Al-Azhar universiteti

Misr Arab Respublikasi

http://www.azhar.edu.eg/en/

2.

Bulg’or islom akademiyasi

Rossiya Federatsiyasi

https://bolgar.academy/

3.

Rossiya islom instituti

http://www.kazanriu.ru

4.

Rossiya islom universiteti

http://www.riu-ufa.ru/

5.

Malayziya xalqaro islom universiteti

Malayziya

https://www.iium.edu.my/v2/

6.

Oksford islom tadqiqotlari markazi

Buyuk Britaniya

https://www.oxcis.ac.uk/publication/bukhari

“Al-Azhar” ta'lim majmuasining barcha muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo‘yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) tomonidan qabul qilinadi. 

   “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

1. Ariza (namuna bo‘yicha)

2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;

3. Umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yoki oliy ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

4. Fuqaroning shaxsiy ma'lumotnomasi (namuna bo‘yicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

          Ma'lumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul kunlari) ko‘rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi. 

Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy. Tel: (71) 207-17-58 da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

1-ilova Maslahat kengashi Tarkibi

2-ilova Maslahat kengashi Nizomi

3-ilova Ishchi guruh tarkibi

 4-ilova Ishchi guruh Reglamenti

 5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita


Kiritilgan vaqti: 19/02/2024 10:19;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xorijdagi-ishonchli-diniy-talim-muassasalari
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 01:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing