Xitoy kompaniyasi Samarqand shahar bosh rejasini ishlab chiqishga kirishdi
Xitoyning China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Sun Syaolun Samarqand shahri va Samarkand City sayyohlik zonasi bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning barcha nyuanslarini shaxsan o‘rganish uchun Samarqandga yetib keldi, deb yozadi «Podrobno.uz».
Xitoy kompaniyasi va O‘zbekiston Milliy banki o‘rtasidagi shartnoma shu yilning avgustida imzolangan edi. Bundan tashqari, bank iyulda Xitoyning Ipak yo‘li jamg‘armasi bilan Samarkand City qurilishi bo‘yicha hamjihatlik haqida memorandum imzolagan.
Shartnoma doirasida Samarqandning bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish hamda shaharsozlik makonini Shanxay hamkorlik tashkiloti tadbirlari uchun quriladigan obyektlar bilan bog‘lagan holda tashkil qilish rejalashtirilmoqda. SHHT majlisi Samarqandda 2022 yilda o‘tkaziladi.
Manba: "daryo.uz"
Kiritilgan vaqti: 27/09/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1629
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 19:23