O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xayirli ishlar davom etmoqda!

 
 

Qancha qancha og‘ir damlarni boshidan matonat bilan o‘tkazgan xalqimiz bugungi vaziyatda ham irodasini namoyon qilmoqda. Mana kuni kecha Alloh taloning inoyati bilan 7 nafar bemorlar koronavirus epidemisidan tuzaldilar.

Albatta bu borada hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar,  tibbiyot va boshqa soha vakillarinining say' harakatlarini e'tirof etishimiz joiz. Qolaversa, xalqimiz,  ulamolar duo va iltijoda bo‘lib turibdi. Shuningdek,  bunday murakkab vaziyatda o‘zaro hamjihitlik,  saxovat fazilatlari bilan bir birlarini qo‘llab turgan saxovatpesha kishilarning oramizda borligi, qarovchisi yo‘q,  yolg‘iz kishilarni holidan xabar olinayotgani xursand bo‘ladigan holdir.

Xabaringiz bor,  O‘MIning tavsiyasi bilan hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda xayriya tadbirlari amalga oshirilib kelmoqda. Bugun, 31 mart kuni ham ana shunday xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyatdagi ziyoratgoh va qadamjolar ham Alloh yo‘lida viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ziyoratgohlar va imom-xatiblari boshchiligida masjidlarda vazni 150-200 kg keladigan 4 bosh qora mol va   40-45 kg.ni tashkil etadigan jami 15 ta qo‘ylar so‘yildi. Ushbu jonliqlarning go‘shti hamda 48.000.000 so‘mdan ziyod miqdordagi oziq-ovqat (un, shakar, yog‘, non, makaron, tibbiy yuz niqobi v.b) mahsulotlari kam taminlangan, yordamga muhtoj fuqarolarga hadya qilindi.

Ushbu xayriya tadbirlari davom ettiriladi. O‘z xayr-ehsonlari bilan ko‘maklashayotgan barcha insonlarning ajrini Alloh taolo ziyoda qilsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/03/2020 15:35;   Ko‘rilganligi: 908
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xayirli-ishlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 03:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing