O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo‘lsin!

 
 

Kecha, 16 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani “Xalq yo‘li” mahallasi hududidagi “Sayyid Habibulloxon” masjidi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi vakillari jome xodimlariga masjidning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi. Shundan so‘ng namozxonlar ushbu jomeda ilk juma namozini ado etishdi.

Ma'lumot uchun, ushbu jome bilan Respublikamizdagi masjidlar soni 2077 ta, Surxondaryo viloyatida esa 116 taga yetdi.

Alloh taolo ushbu masjidni xalqimizga, xususan, “Xalq yo‘li” mahallasi ahliga muborak qilsin. Yurtimizda masjidlar ochilishiga hissa qo‘shayotgan insonlardan Haq taolo rozi bo‘lsin, bunday xayrli ishlarni bardavom aylasin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2020 14:48;   Ko‘rilganligi: 1704
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xalqimizga-yana-bir-yangi-masjid-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing