O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xalq manfaati har narsadan ustun

 
 

Inson – uning qadri baland, manfaati esa oliy darajaga qo‘yilgan. 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi zamirida ham mukarram qilib yaratilgan inson zotini ulug‘lash, qadrini yuksaltirish, bir so‘z bilan aytganda hayotdan rozi bo‘lib yashashiga imkoniyat hozirlash kabi ma’nolar yotadi.

Xalq dardini tinglash, muammosini o‘rganish maqsadida hozirda yurtimiz bo‘ylab olib borilayotgan ishlar qatorida Samarqand viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Temirova Nozbuvi hamda Samarqand shahar hokimligi qoshidagi ayollar maslahat markazining din ishlari bo‘yicha mutaxassisi Ibragimova Nodira tomonidan Samarqand shahridagi Bog‘i Mirzo hamda Ibrohimxo‘ja MFYda yashovchi ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Mavjud muammolari haqida so‘zlashib, ularni hal qilish choralari bo‘yicha maslahatlar qilindi.

O‘z navbatida, hol so‘ralgan fuqarolar ham e’tibor uchun, qo‘llab-quvvatlov uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/02/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3470
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xalq-manfaati-har-narsadan-ustun
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 14:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing