O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 25 iyun Juma kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumani “To‘rtko‘l” masjidiga, Samarqand tuman bosh imom-xatibi Baxodur domla Sharipov Urgut tumani “Humuliy” masjidiga, Pastdarg‘om tuman “Nurul Islom” masjidi imom xatibi Ozod domla Nazarov Urgut tumani “Mulla Muhammadi” masjidiga, Samarqand shahar “Xo‘ja Yusuf” masjidi imom xatibi  Mallayev Nodir Urgut tumani “Ahmad Ochil” masjidiga, Tayloq tuman “Tayloq Ota” masjidi imom xatibi  Ismoilov Begmurod Urgut tumani “Mulla To‘raqul” masjidiga, Payariq tuman “ Islom Nuri” masjidi imom xatibi Abduxoliqov Mansur Bulung‘ur tumani “Olomon” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

Juma namozida imom-xatiblarimiz “YUSUF ALAYHISSALOM QISSASIDAN IBRATLAR” mavzusida ma'ruza qildilar.

Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidlarning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-barchaga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjidlarimiz qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/06/2021 19:08;   Ko‘rilganligi: 942
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatimizdagi-chegara-hududlarda-joylashgan-masjidlarga-notiq-imom-xatiblarning-tashrifi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing