O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan shahar va tuman bosh otinoyilarnig yig‘lishi bo‘lib o‘tdi.

 
 

Bugun shunday davrda yashayapmizki, biror tadbir, marosim u yoqda tursin, ba'zan hatto ko‘chaga chiqishga ham ikkilanib, hadiksirab qolyapmiz. Buning asosiy sababi barchaga ma'lum – koronavirus. Bu ofat an'anaviy turmush tarzimizni izdan chiqarib yubordi.

Lekin, shunday bo‘lsa-da, karantin davrida ham fidoyilik ko‘rsatib, xalq, el manfaati yo‘lida xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan insonlar zamonamizning chinakam qahramonlaridir. Ular – shifokorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari...

Bunday fidoyi insonlar safida dinimiz jonkuyarlari bo‘lgan imom-xatiblar, otinoyilar ham borligi kishini quvontiradi.

Bugun viloyatimizda faoliyat yuritayotgan shahar va tuman bosh otinoyilari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda karantin davrida ham oilalar mustahkamligini ta'minlash, ayol-qizlar o‘rtasida muqaddas dinimizning asl mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, ayollarning turli oqimlar ta'siriga tushib aldanib qolishining oldini olish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish haqida ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

 

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmata


Kiritilgan vaqti: 09/10/2020 17:32;   Ko‘rilganligi: 991
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatimizda-faoliyat-yuritayotgan-shahar-va-tuman-bosh-otinoyilarnig-yiglishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing