O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi va Chokardiza qabristonini ziyorat qildi.

 
 

Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi va Chokardiza qabristonini ziyorat qildi.

Unda professorlar Mamayunus Pardayev, Dilorom Salohiy, matnshunos Komilxon Kattayev, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Yeshonqulov, muzey va kadastr xizmati xodimlari ishtirok yetdilar.

1947-yilda buzib tashlab, ustida uy-joylar qurilgan Chokardiza qabristoni tarixi bilan bog‘liq manbalar asosida fikrlar aytildi, takliflar o‘rtaga tashlandi.

Keyingi yillarda mazkur ziyoratgoh va uning atrofini obod qilish, bu yerda mangu orom topgan Imom Moturidiy va yana boshqa ko‘plab allomalar haqidagi manbalarni o‘rganish va keng tadqiq yetishga alohida ye'tibor qaratilmoqda. Biroq, hali qo‘lga kiritilgan ma'lumotlar, to‘plangan manbalar bu yerni to‘la tadqiq yetishga imkoniyat bermaydi. Shu sababli viloyat rahbari taklifiga ko‘ra, Chokardiza qabristoni tarixi, u yerdagi qabrlar o‘rnini aniqlash maqsadida kartograflar, arxeologlar, tarixchi olimlar, din peshvolaridan iborat ishchi guruhi tuziladigan bo‘ldi. Bu jarayonga nafaqat mahalliy, balki xorijdagi olim va tadqiqotchilar, diniy ulamolar, keng xalq ommasini ham jalb qilish kerakligi qayd yetildi.


Kiritilgan vaqti: 14/11/2023 22:15;   Ko‘rilganligi: 323
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-hokimi-samarqand-shahridagi-imom-moturidiy-majmuasi-va-chokardiza-qabristonini-ziyorat-qildi
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 11:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing