O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi “Boybul” jome masjidini qurilish ishlari bilan tanishdi

 
 

Joriy yilning 5 aprel kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanida “Urgut” markaziy jome masjidi va qurulishi oxiriga yetgan “Boybul” jome masjidini qurilish ishlari bilan tanishdi.

Hozirgi kunda Urgut tumanidagi “Boybul” jome masjidi qurilish ishlari yakunlanib kelgusi juma namoziga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.  

Z.Eshonqulov qurilish jarayoni bilan tanishar ekan, har bir ishni mahalla faollari bilan bomaslahat, hamfikr bo‘lib olib borishni, binoning me'moriy uslublarida milliy va zamonaviy an'analardan uyg‘un holda foydalanish lozimligini, tahoratxonalarda keksalar holatini alohida hisobga olish hamda nogironligi bor fuqarolar uchun ham maxsus sharoitlar qilish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Ta'kidlash joizki, qurilish ishlariga eng mohir usta va muhandislar jalb etilgan. Bunday ezgu ishga hissa qo‘shish istagidagi quruvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishmoqda. Zero, masjidni obod etishning savobi ulug‘ ekani Islom manbalarida bayon qilingan.  Bu haqda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilingan: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, o‘sha chiroqning nuri o‘chgunicha farishtalar u kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar”.

Darhaqiqat, masjidlar obodligi yurt obodligidir. Zero, masjidga ibodat qilish uchun kelgan xalqimiz ona-vatan tinchligi, xalq osoyishtaligini so‘rab, duo qilishadi. Bu duolarning sharofati ila Yaratgan yurtimizni yanada farovon qiladi, ne'matlarini yanada ziyoda qilib beradi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/04/2021 23:08;   Ko‘rilganligi: 45
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-bosh-imom-xatibi-boybul-jome-masjidini-qurilish-ishlari-bilan-tanishdi
Chop etilgan vaqti: 16/05/2021 14:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing