VATAN HIMOYACHILARI KUNI NISHONLANDI
2017 yil 12 yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab viloyat miqyosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab tashkilot va jamoat birlashmalari, faxriylar, o‘quv muassasalari vakillari qatorida viloyat bosh imom xatibi N.Islamov va bosh imom o‘rinbosari Z.Eshonqulov ishtirok etdi.
Dastlab, Sohibqironning qabri joylashgan Go‘ri Amir maqbarasida Qur’on o‘qilib, qurbonlik so‘yildi. Ushbu xayrli ishlar savobi Amir Temur hazratlari hamda barcha o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz ruhi poklariga bag‘ishlandi. So‘ng Temur bobomiz haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
So‘ngra tadbir qatnashchilari birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari asoschisi, marhum yurtboshimiz Islom Karimov qabrlarini ziyorat etish uchun bordilar. U yerda ham Qur’on tilovati qilinib, marhum Prezidentimizning buyuk xizmatlari yodga olindi, haqlariga duolar yo‘llanib, xizmatlariga munosib mukofotlar olishlari yaratgandan so‘rab qolindi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 12/01/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 3059
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 16:26